Mavlonova Rahima Abdurazzakovna
Rajabov Siddiq Rajabovich
Mavlonova Rahima Abdurazzakovna
R.A.Mavlonova 1930yil6noyabrda tug‘ilgan.1958 yilda Toshkent davlat pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
1959-1974 yillarda O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutida ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan. Shu yillar davomida assistent, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida samarali mehnat qilgan. 1967 yilda akademik Siddiq Rajabov rahbarligida “Mehnat tarbiyasida maktab va oilaning hamkorligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990 yili R.Mavlonova boshchilik qilib fanda erishgan barcha yutuqlarni umumlashtirib, “O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari doktori degan ilmiy darajaga sazovor bo‘ldi.
R.A.Mavlonova o‘z mehnat faoliyatini 1951 yilda Toshkent shahrida 3-o‘rta maktabda boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilikdan boshlagan. R.Mavlonova 1975-1984 yillarda “Pedagogika va psixologiya” fakultetining dekani vazifasida ishlagan. 1984 yildan 2003 yilgacha “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasining mudiri lavozimida faoliyab olib borgan.
R.Mavlonova Respublikamiz miqyosida boshlang‘ich pedagogika ta’limi masalalari bilan chuqur va mufassal shug‘ullangan olimadir. Uning ilmiy-pedagogik faoliyati, respublikamiz boshlang‘ich pedagogika ta’limi rivojiga qo‘shgan hissasi nihoyatda ko‘p qirralidir... (to'liq matn saqlandi)
Rajabov Siddiq Rajabovich
Сиддиқ Ражабов Республикамизда халқ маорифининг ривожланишига педагогика илмининг тараққиётига, ихтисосли педагогик кадрлар тайёрлаш ишига катта ҳисса қўшган, дастлабки педагогика фанлари номзоди, дастлабки педагогика фанлари доктори, профессор ва дастлабки академикдир.
Сиддиқ Ражабов 1910 йил 1 апрелда Қозоғистоннинг Авлиё-ота (ҳозирги Жамбул) шаҳрида камбағал-косиб оиласида туғилди. Унинг отаси Ражаб ака ямоқчилик билан кун кўрар, лекин шундай бўлса ҳам оиланинг бош фарзанди Сиддиқнинг ўқиб, илм олишини орзу қилар эди. Ражаб ака ўғлини янги мактабга ўқишга берди. Лекин кўп ўтмай ота вафот этди. Ота васияти ва илмга бўлган иштиёқ унга тўғри йўлни кўрсатиб берди.
1926 йилда ўн олти ёшли Сиддиқ Ражабов ғайрат билан ўқишга, меҳнат қилишга киришди. Шаҳар ёшларининг халқ ўртасида олиб борган маданий-оқартув ишларида фаол қатнашди.
1927 йилда Фарғона педагогика билим юртига ўқишга кирди. 1930 йилда бу билим юртини муваффақиятли тамомлади. Билим юртини тугатгандан сўнг Қашқадарё вилоятининг Ғузор туманига ишга юборилди. У шу тумандаги Авғонбоғ қишлоғида бошланғич мактаб очади, шу мактабда ҳам муаллимлик, ҳам мудирлик вазифасини бажаради...