“Roman-german tillari” kafedrasi 2021-yil avgustda tashkil etilgan. Kafedraning tarixiga nazar tashlasak, dastlab u 2000-yil 17-noyabrda universitet rektorining U-200 raqamli buyrug‘i asosida “German filologiyasi” nomi bilan tashkil topgan. 2000-yildan kafedra “Nemis tili va o‘qitish metodikasi” deb nomlangan.

Rahbarlar tarixi:

2000–2001, 2003–2012: professor Raximov Xurram Raximovich

2001–2002: dotsent Shamuratova Svetlana Naumovna

2012–2014: dotsent Erkayev Elmirza Temirovich

2014–2015: dotsent Ilieva Lola Kamolovna

Hozirgi rahbar: PhD, dotsent S. Nazarov

Kafedra tarkibi va ilmiy salohiyat:

Kafedrada jami 8 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

1 nafar fan doktori (DSc)

1 nafar professor

5 nafar PhD yoki fan nomzodi

5 nafar dotsent

2 nafar Xalq ta’limi a’lochisi

8 nafar xorijiy til sertifikatiga ega

Ilmiy salohiyat: 88%

Ta’lim yo‘nalishi:

60110900 — Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili (bakalavriat)

Fanlar Fan haqida Fan turi Kredit 1-semestr 2-semestr
1 Umumiy psixologiya Talabalarda umumiy psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo‘lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o‘zgartirilishini tashkil etishdir. Majburiy 10
2 Amaliy o‘zbek (rus) tili Faning maqsadi — tilga oid bilimlarni egallash, ta’lim oluvchilar uchun dolzarb bo‘lgan o‘quv-ilmiy, kasbiy va ijtimoiy-madaniy sohalarda nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda takomillashtirishdan iborat. Shuningdek, og‘zaki pedagogik nutqni rivojlantirish, adabiy tilning yozma va og‘zaki shakllarini mukammallashtirish, imlo va tinish belgilariga oid qoidalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, turli turdagi grammatik xatolarni tahlil qilish va tuzatish malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Majburiy 6
3 O‘zbekistonning eng yangi tarixi Bu fan talabalar uchun mustaqil O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi, so‘nggi yillardagi islohotlar, demokratik jarayonlar va xalqaro aloqalar tarixini o‘rgatadi, talabalarda tarixiy tahlil qilish va voqealarni sabab-natija asosida tushunish ko‘nikmalarini shakllantiradi Majburiy 4
4 Mediasavodxonlik va axborot madaniyati Har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Shuningdek, zamonaviy OAV vositalari taqdim etayotgan axborotga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishning eng muhim postulatlarini o‘rgatish, axborot madaniyatiga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot va ma’lumot evolyutsiyasi tarixini bilish, global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash va tanqidiy tafakkurni shakllantirishdan iborat. Majburiy 5
5 Dinshunoslik Talaba-yoshlar tafakkurida dinning mohiyati, dunyoning diniy manzarasi, diniy va falsafiy qarashlarning oʼzaro bogʻliqligi, globallashuv jaryonlarida diniy mutaassiblik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning davlat va jamiyat xavfsizligiga salbiy taʼsirini bilish va unga qarshi kurashishda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Majburiy 4
6 Amaliy o‘zbek (rus) tili.Ozbek tilining sohada qo'llanilishi. Til bilimlarini egallash, talabalarga dolzarb sohalarda (ta’lim-ilmiy, kasbiy, ijtimoiy-madaniy) nutq ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirishdan iborat. Majburiy 6
7 Mediasavodxonlik va axborot madaniyati Har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Shuningdek, zamonaviy OAV vositalari taqdim etayotgan axborotga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishning eng muhim postulatlarini o‘rgatish, axborot madaniyatiga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot va ma’lumot evolyutsiyasi tarixini bilish, global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash va tanqidiy tafakkurni shakllantirish Majburiy 5
8 O‘qish va yozuv amaliyoti “O‘qish va yozuv amaliyoti” fani 1-kurs talabalarida nemis tilida yozma nutqni rivojlantirish, matn bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘qilgan matn mazmunini tushunish, tahlil qilish va yozma shaklda ifodalash kompetensiyalarini hosil qilishga qaratilgan. Fan doirasida talabalar turli janrdagi matnlarni o‘qish, asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni ajratish, qisqa yozma matnlar (reja, xulosa, fikr bayoni) tuzish, grammatik va leksik jihatdan to‘g‘ri yozish malakalarini egallaydilar. Ushbu fan talabalarning mustaqil fikrlashini, yozma savodxonligini va akademik til kompetensiyasini rivojlantiradi. Majburiy 10
9 Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi “Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi” fani talabalarda nemis tilida tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini integrativ yondashuv asosida shakllantirishga qaratilgan. Fan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, nutq faoliyatining barcha turlarini o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash, shuningdek, kundalik va akademik muloqotda til birliklaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish malakalarini hosil qilishni maqsad qiladi. Ushbu fan talabalarning mustaqil fikrlash, muloqotga kirishish va chet tilida erkin nutqiy faoliyat yuritish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Majburiy 8
10 Til aspektlari amaliyoti “Til aspektlari amaliyoti” fani Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nemis tilining asosiy lingvistik jihatlarini — fonetika, leksika va grammatika asoslarini amaliy mashg‘ulotlar orqali shakllantirishga qaratilgan. Fan talabalarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuz, grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish hamda kundalik va akademik nutqda asosiy til birliklaridan samarali foydalanish malakalarini hosil qilishni maqsad qiladi. Shuningdek, fan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish orqali talabalarning keyingi til va adabiyot fanlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishiga zamin yaratadi. Majburiy 9
Fanlar Fan haqida Fan turi Kredit 1-semestr 2-semestr
1 Dinshunoslik Talabalarda dinshunoslik faniga oid dunyo diniy tizimlari, ularning tarixi, asosiy e’tiqodlari, axloqiy va madaniy ta’siri, shuningdek, diniy-tarbiya masalalarini o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar dinshunoslik asosiy printsiplari, diniy hodisalarni tahlil qilish metodikalari va ularni pedagogik faoliyatda qo‘llash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni o‘zlashtirishni o‘rganadilar. Majburiy 4
2 Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika Talabalarga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni inklyuziv ta’lim muhitida ta’lim-tarbiya berishga o’rgatish va shuningdek tibbiyot muassasalarida (shifoxona, statsionar va boshqalarda) uzoq muddatli davolanayotgan bolalarni qo'llab-quvatlash, ularni zamon talablariga mos ravishda o'qitishni tashkil qilish borasidagi bilimlarni hosil qilish, samarali o'qitish metodlarini izlash, hamda o'quv jarayoniga tadbiq qilish, o'qitish usullari va turli xildagi zamonaviy o’qitish texnologiyalarini o'zlashtirish va bunday bolalar bilan ishlashning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish. Majburiy 5
3 Sinf boshqaruvi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish Sinf boshqaruvi fani o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar bilan pedagogik munosabatlarni boshqarish, darslarni rejalashtirish va sinfdagi tartib-intizomni ta’minlash usullarini o‘rgatadi. Majburiy 6
4 Ta'limda baholash Talabalarda ta’limda baholash faniga oid o‘quv jarayonini nazorat qilish va baholash usullari, baholash mezonlari va standartlari, ta’lim sifatini aniqlash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar baholashning asosiy printsiplari, turli baholash tizimlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, o‘quv jarayonida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishni o‘rganadilar. Majburiy 4
5 Ikkinchi xorijiy til “Ikkinchi xorijiy til (nemis va fransuz tillari)” fani ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 2–3-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarda nemis yoki fransuz tilida boshlang‘ich va o‘rta darajadagi (A1–A2/B1) kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishni maqsad qiladi. Fan doirasida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari integrativ tarzda rivojlantiriladi. Shuningdek, grammatik va leksik bilimlar mustahkamlanib, tilni kasbiy va kundalik muloqotda qo‘llashga yo‘naltiriladi. Fan talabalarni ko‘p tillilik muhitiga moslashishga, til o‘rganishda qiyosiy yondashuvdan foydalanishga hamda ularning lingvistik va madaniyatlararo kompetensiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Ixtiyoriy 18
Fanlar Fan haqida Fan turi Kredit 1-semestr 2-semestr
1 Nemis tilini o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari Mazkur fan nemis tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda qo‘llaniladigan xalqaro standartlar, xususan, Yevropa umumiy til kompetensiyalari tizimi (CEFR/GER) asoslari bilan tanishtirishga qaratilgan. Fan doirasida talabalarda til kompetensiyalarini shakllantirish, o‘qitish jarayonini rejalashtirish, o‘quv natijalarini baholash va monitoring qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar hosil qilinadi. Shuningdek, xalqaro til sertifikatlari, baholash mezonlari, test tuzish tamoyillari hamda kommunikativ yondashuv asosida baholash usullari o‘rganiladi. Fan talabalarning kelajakdagi pedagogik faoliyatida xalqaro talablar asosida ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Majburiy 4
2 Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi “Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi” fani Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabalariga chet tillarni o‘qitishda zamonaviy integrallashgan yondashuvlarning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishini o‘rgatishga qaratilgan. Fan til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, o‘qish, yozish, gapirish), til tizimi (leksika, grammatika, fonetika) va metodik kompetensiyalarni uyg‘un holda rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Mazkur fan talabalarda kommunikativ, madaniyatlararo va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, shuningdek, chet tilini o‘qitishda integrallashgan darslarni loyihalash va amalga oshirish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Majburiy 8
3 Tarjima nazariyasi va amaliyoti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fani talabalarga tarjimaning nazariy asoslari, asosiy tushunchalari, turlari va usullarini o‘rgatishga qaratilgan. Fan doirasida nemis tilidan o‘zbek (va/yoki rus) tiliga hamda aksincha tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik, stilistik va madaniy muammolar tahlil qilinadi. Talabalarda yozma va og‘zaki tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish, matn mazmunini, funksional-uslubiy xususiyatlarini va muallif niyatini adekvat yetkazish malakasini rivojlantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Majburiy 8
4 Nemis tili o‘qitish metodikasi “Nemis tili o‘qitish metodikasi” fani talabalarni nemis tilini samarali o‘rgatish usullari, pedagogik yondashuvlar va didaktik metodlar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan. Fan yordamida talabalar til o‘qitish jarayonini rejalashtirish, dars materiallarini tanlash va mos usullar orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rganadilar. Shu bilan birga, talabalar turli yoshdagi va darajadagi o‘quvchilar bilan ishlashda metodik ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Majburiy 4
5 Ikkinchi xorijiy til “Ikkinchi xorijiy til (nemis va fransuz tillari)” fani ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 2–3-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarda nemis yoki fransuz tilida boshlang‘ich va o‘rta darajadagi (A1–A2/B1) kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishni maqsad qiladi. Fan doirasida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari integrativ tarzda rivojlantiriladi. Shuningdek, grammatik va leksik bilimlar mustahkamlanib, tilni kasbiy va kundalik muloqotda qo‘llashga yo‘naltiriladi. Fan talabalarni ko‘p tillilik muhitiga moslashishga, til o‘rganishda qiyosiy yondashuvdan foydalanishga hamda ularning lingvistik va madaniyatlararo kompetensiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Ixtiyoriy 18
Fanlar Fan haqida Fan turi Kredit 1-semestr 2-semestr
1 Nemis tili leksikografikasi Ushbu fan talabalarni nemis tili lug‘atshunosligi va leksikografik prinsiplari bilan tanishtirishga qaratilgan. Fan davomida talabalar nemis tilidagi lug‘atlarning tuzilishi, turlari (slovar, frazeologik, terminologik), izohlash usullari va leksikografik manbalarni o‘rganadilar. Maqsad — talabalarni mustaqil ravishda lug‘at yaratish, tahlil qilish va tilning leksik jihatlarini chuqur o‘rganishga tayyorlashdir. Majburiy 5
2 Nemis tili nazariy kursi Ushbu kursning maqsadi talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat bo‘lib, nemis tili nazariy kursi fani: Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish, Roman german filologiyasiga kirish, Filologik tadqiqot asoslari, Lingvokulturologiya asoslari, Nemis tilining nazariy grammatikasi kabi modul fanlarini o‘z ichiga olgan. Mazkur fan ixtisoslik fani sanalib, u talabalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida nemis tilini o‘qitish jarayonida vazifa va mashqlardan samarali foydalanishga tayyorlaydi. Fanning dolzarbligi o‘qituvchi faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan dars jarayonini samaradorligini oshirishda til birliklarining ahamiyati, ularning o‘quv jarayoniga tatbiq qilishdan iborat. Majburiy 6
3 Nemis tili o‘qitishni o‘rganish (DLL 6) Nemis tilini o’qitishni o’rganish (DLL6) kursining maqsadi- bo’lajak o‘qituvchilarga o‘quv dasturlarini tahlil qilish, til o’rganuvchilarining ehtiyojlariga mos o‘quv kurslarini loyihalash va samarali dars rejalari tuzish bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Kurs bo’lajak o‘qituvchilarni ta’lim mazmunini puxta rejalashtirishga, dars maqsadlarini belgilash va ularga erishish yo‘llarini aniq belgilashga yo‘naltiradi. O‘quv dasturlarining tuzilmasi, maqsadi va tamoyillarini tahlil qilishni o‘rgatish, til kurslarini o‘quvchilarning ehtiyojlari, til darajasi va kontekstdan kelib chiqib rejalashtirishni yo‘lga qo‘yish, dars maqsadlari, bosqichlari va natijalarini aniqlash va ular asosida rejalashtirish ko‘nikmasini shakllantirish, o‘quv materiallari va resurslarini tanlash va moslashtirishni o‘rgatish, dars davomida o‘quvchilarning rivojlanishini nazorat qilish va baholashga oid elementlarni dasturga kiritish, dars rejasini zamonaviy metodik talablar asosida tizimli va moslashuvchan tarzda tuzish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish. Majburiy 5
4 Nemis tili stilistikasi Ushbu fan nemis tilining turli uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga, so‘zlashuv va yozma matnlarda tilning stilistik vositalarini tahlil qilishga qaratilgan. Fan orqali talabalar professional va ilmiy matnlarni tahlil qila olish, stilistik nuanslarni aniqlash va ularni amaliy yozuvda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqsad – talabalarni nemis tilida uslubiy jihatdan to‘g‘ri va samarali kommunikatsiya qila oladigan darajaga yetkazish. Majburiy 6
Xorijiy til va adabiyoti: Nemis tili
Faylni ko‘rish

1.  Umumiy tavsif

60110900-Xorijiy til va adabiyoti: ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.

 

1.1. Qoʻllanish sohasi

1.1.1. Malaka talabining qoʻllanilishi

Malaka talabi 60110900-Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuyini ifodalaydi. 

1.1.2.   Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari:

mazkur taʼlim yoʻnalishi boʻyicha malaka talablari, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida oʻquv jarayonini samarali amalga oshirish uchun masʼul hamda oʻz vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi, dekanlar va kafedra mudirlari) va professor-oʻqituvchilari;

taʼlim yoʻnalishining oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini oʻzlashtiruvchi oliy taʼlim muassasasining talabalari;

bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;

taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari;

oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirishni taʼminlovchi organlar;

oliy taʼlim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;

kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;

oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirayotgan abituriyentlar, ularning
ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.

1.2. Kasbiy faoliyatlarning tavsifi.

1.2.1. Kasbiy faoliyatlarning sohalari:

ta’lim sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda xorijiy til va adabiyoti  fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

maktabdan tashqari tashkilotlarda (texnikum va MTT) pedagogik faoliyat olib borish;

umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;

umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kasbiy sohalar majmuyini qamrab oladi;

davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida xorijiy til va adabiyoti fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, ta’limiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy madaniy markazlari va nodavlat tashkilotlarda maslaxatchi, menedjer, gid-tarjimon, ekskursovod, ko‘rgazma tashkilotchisi, jurnalist, publitsist sifatida faoliyat olib borish huquqiga ega bo‘ladi.

1.2.2. Kasbiy faoliyatlarning obyektlari:

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralar;

ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalari;

davlat boshqaruv organlari;

nodavlat va notijorat jamoat birlashmalari va tashkilotlari;

Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tashkilotlari.

1.2.3. Kasbiy faoliyatlarning turlari:

·  pedagogik;

·  ilmiy-tadqiqot;

·  ma’naviy-ma’rifiy;

·  tashkiliy-boshqaruv;

·  axborot-kommunikatsiya va raqamli til xizmatlari.

1.2.4. Kasbiy vazifalari

60110900-Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Pedagogik faoliyatida:

o‘quv jarayonini rejalashtirish: DTS va MO‘Dlarining maqsadlariga muvofiq o‘quv reja ishlab chiqish, o‘quvchilaming ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturlarini moslashtirish, darsning aniq maqsad va natijalariga ko‘ra dars rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida dars shakllari va usullarini rejalashtirish, o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;

ta’lim samaradorligini ta’minlash: dars maqsadlariga ko‘ra o‘quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib vazifalarni belgilash, dars mavzusiga mos namoyish va tarqatma materiallardan foydalanish, darsda vaqt taqsimotini to‘g‘ri rejalashtirish, ta’lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra darsni tashkil etish va ta’lim berishdagi yondashuvlarning samaradorligini tahlil qilish, o‘quvchilarning ta’limiy maqsadlari va yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘qitish usullari va yondashuvlarni tanlash, o‘qitishning faol usullaridan foydalanish, o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullardan foydalanish, o‘quvchilarning jamoaviy va loyihaviy ishlarini tashkil etish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalaridan foydalanish, o‘quvchilarga differensial yordam berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratish, darsda motivatsiyaga erishish, sinfda samarali muloqotga erishish;

o‘zlashtirishni baholash va qayta aloqani tashkil etish: ta’lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini tahlil qilish, dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi, mavjud muammolarni aniqlay olishi va taxlil qilish

tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish: tarbiyaviy ishlarning zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg‘ulot hamda  sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash, tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilarning jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini inobatga olishi, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoiadalariga muvofiq o‘quvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy sog‘lom muhitni yarata olish, o‘quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fuqarolik pozitsiyasi, mehnatga layoqati, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish

xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash: O‘quvchilar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish, o‘quvchilarga sinf hayotida teng imkoniyatlar yaratsa, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi, o‘quvchilar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;

o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish: muntazam malaka oshirish kursaridan o‘tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish hamda tashkil etish, o‘zaro darslarda qatnashish, darslarni tahlil qilish, ochiq darslar o‘tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish;

hamkasblar va ta’lim oluvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik o‘rnatish: o‘quvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) ta’lim jarayoniga maktab hayotiga jalb qilish, o‘quvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) o‘quvchilarni rivojlanishi va ta’lim muhiti to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok etishga jalb etish, tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

 

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

xorijiy  til va adabiyoti sohasida, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim markazlarida zamonaviy til o‘qitish yondashuvlari, metodlar va pedagogik innovatsiyalarga oid tadqiqotlar olib borish;

xorijiy  til va adabiyoti sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar, til o‘qitish texnologiyalari va metodologik yangiliklarni internet manbalari orqali maqsadli qidiruv va amaliyotga joriy etish;

xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, amaliy lingvistika va xorijiy til pedagogikasiga oid mahalliy hamda xalqaro ilmiy nashrlar, tadqiqot natijalarini o‘rganish va tahlil qilish;

xorijiy tillarni o‘rganish jarayoni, o‘quvchi motivatsiyasi va o‘qitish samaradorligiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tizimli tahlil qilish;

xorijiy  til va adabiyotiga doir  tadqiqot natijalarini amaliy dars jarayoniga tatbiq etish va til o‘qitish sifatini oshirishda foydalanish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak;

ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish.

 

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:

o‘quvchilarda mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantiruvchi metod va texnologiyalarni bilish hamda amaliyotda qo‘llay olish;

globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ta’siri haqida tushuntirish ishlarini olib borish;

raqamli savodxonlik, kibermadaniyat va internet xavfsizligi bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish;

akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, plagiatga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish;

o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, o‘z yurtining tarixiy merosi, qadriyatlari, buyuk ajdodlari va hozirgi taraqqiyot yo‘lini chuqur anglashga yordam berish;

ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashga o‘rgatish;

axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan xavfsiz va ongli foydalanish madaniyatini shakllantirish qobiliyatlariga ega bо‘lishi kerak.

 

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:

kasbiy axloq etikasiga rioya qilish;

pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;

jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish;

kasbiy muammolar yechimini topish;

internet saytlarini yaratishda til me’yorlarini belgilash;

fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish;

bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash qobiliyatlariga ega bo‘lish;

ta’limda inkluzivlikni ta’minlash, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar bilan alohida yondashuv asosida ishlash qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.

 

2. Kasbiy kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar    

Xorijiy tillar va adabiyot mutaxassisligi bitiruvchisi zamonaviy ta’lim tizimining talablariga javob beradigan yuqori malakali pedagog sifatida shakllanishi uchun quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur:

kasbiy faoliyatda xorijiy tillar o‘rganishning barcha nutq faoliyati turlaridan foydalana olish, tinglab tushunish va o‘qib tushunish, yozuv hamda gapirish ko‘nikmalarini qo‘llay olish, og‘zaki va yozma shaklda xorijiy til qoida va me’yorlariga amal qilgan holda fikr, mulohaza, g‘oya, taklif, ta’rif va xulosalarni mantiqiy, to‘g‘ri, asosli, izchil va aniq bayon etish, ilmiy matnlar bilan ishlash hamda ifodalay olish; xorijiy  tilda o‘z fikrlarini tizimli va erkin bayon etish, ilmiy matnlar bilan ishlash, ommaviy nutq so‘zlash uchun ona tili va chet tillardan birida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini egallash;

qo‘shimcha xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatga oid hujjatlarning mohiyatini tushunish hamda amaliyotda undan foydalana olish;

SMART metodikasi asosida maqsadlarni belgilash, dars jarayonida 5E o‘qitish modeli (jalb qilish, tadqiq etish, tushuntirish, kengaytirish, baholash) asosida konstruktivist yondashuvni qo‘llash, o‘quvchilar uchun tushunarli vazifalarni ishlab chiqish, har bir dars uchun konkret natijaga yo‘naltirilgan maqsadlar qo‘yish, o‘quvchilarning individual imkoniyatlari va darajasiga mos keladigan real maqsadlarni belgilash;

xalqaro baholash tizimlari va standartlari CEFR (Umumevropa til kompetensiyasi bo‘yicha mos yozuvlar tizimi) asosida til darajasini aniqlash va baholash, xalqaro til sertifikatlari talablariga muvofiq o‘quvchilarni tayyorlash, PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro ta’lim sifatini baholash dasturlarining mezonlari va metodikasini bilish, o‘quvchilarning xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish;

tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatini o‘rganish va madaniy xususiyatlarini anglash, o‘quvchilarda muloqot etiketini rivojlantirish, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va global fikrlash kompetentligini oshirish;

xorijiy  til va adabiyoti sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar, til o‘qitish texnologiyalari va metodologik yangiliklarni internet manbalari orqali qidirish va amaliyotga joriy etish, amaliy lingvistika va chet tili pedagogikasiga oid mahalliy hamda xalqaro ilmiy nashrlar, tadqiqot natijalarini o‘rganish va tahlil qilish;

xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida o‘quvchi motivatsiyasi va o‘qitish samaradorligiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tizimli tahlil qilish;

turli yosh guruhlaridagi o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish bosqichlari, o‘rganish uslublari (vizual, audial, kinestetik), motivatsiya omillari va individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda differensial ta’lim yondashuvlarini qo‘llash, ijtimoiy-iqtisodiy holat, madaniy kelib chiqish va til o‘rganish tajribasidagi farqlarni e’tiborga olishi;

axborotni olish, saralash, saqlash va qayta ishlash metod, usul va vositalaridan foydalanish va tanqidiy fikrlash, mediasavodxonlik, global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash  ko‘nikmalariga ega bo‘lish, chet tili o‘rganuvchilarda zamonaviy media muhitida tanqidiy fikrlash va axborotni to‘g‘ri baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali xavfsiz navigatsiya qilish qobiliyatini shakllantirish;

o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish, metodik va pedagogik tadqiqotlarning miqdor va sifat metodlarini egallash, malaka oshirish va o‘z kasbiy faoliyatining turi hamda xarakteristikasini o‘zgartirishga qodir bo‘lish;

ta’limiy va lingvistik o‘quv materiallarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotda samarali qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘lish;

o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish va o‘zlashtirish tajribalaridan kelib chiqqan holda xilma-xil amaliy mashg‘ulotlar  tashkil etish qobiliyatiga ega bo‘lish, o‘quv materiallarni tanlash, yaratish, moslashtirish va ulardan foydalanish yoki yangi o‘quv resurslarini ishlab chiqishga qaratilgan ta’limiy hamkorlik tarmoqlarni rivojlantirish metodlarini shakllantira olish;

xorijiy til o‘qituvchisi kasbining yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etishini tushunish, kasbiy etika tamoyillariga rioya qilish, jamiyat ijtimoiy-madaniy tuzilmasining o‘ziga xosliklari, shuningdek, milliy tarbiyaning qonuniyat va tamoyillarini hisobga olgan holda, ko‘p madaniyatlilik muhitida kasbiy faoliyatni tashkil etish usullarini egallash;

dars jarayonida til orqali boshqa fanlarni o‘qitish (CLIL) metodikasini qo‘llash, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, kasbiy vazifalarni hal etishda fanlararo va vakolatli tuzilmalarning birgalikdagi faoliyatida ishtirok etish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

kasbiy faoliyatda bola huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro va milliy me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi va amalda foydalanish, inklyuziv ta’limga asoslangan munosabatning shakllanganligi hamda uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash (gospital pedagogika) texnologiyalariga ega bo‘lishi;

ta’lim oluvchilarga o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchanlikka doir kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga imkon beradigan natijaviylik va mobillikka yo‘naltirilgan o‘qitish qobiliyati ega bo‘lish.

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.

KK-1. Kelajakdagi kasbiy faoliyatda ingliz tili va adabiyoti fan sohalari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

KK-1.1. Kasbiy faoliyatda ingliz tili va adabiyoti fani bo‘yicha Xorijiy tillarni bilishning umumyevropa xalqaro standartlari darajalari (CEFR- Common European Framework of Reference for Languages)ga ko‘ra Cl (nemis tilidan B2) darajadagi BKMlarni nomoon etadi.

KK-1.2. Ingliz tili va adabiyotiga oid fanlar bo‘yicha Xorijiy tillarni bilishning umumevropa xalqaro standarti darajalari (CEFR- Common European Framework of Reference for Languages)ga ko‘ra C1 (nemis tilidan B2) darajasidagi bilimlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok eta oladi.

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.

KK-2. Kelajakdagi kasbiy faoliyatda nemis tili fani sohalari bo yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

KK-2.1. Kasbiy faoliyatda nemis tili va adabiyoti fani bo‘yicha Xorijiy tillarni bilishning umumevropa xalqaro standarti darajalari (CEFR- Common European Framework of Reference for Languages)ga ko‘ra Cl (ingliz tilidan B2) darajasidagi BMKlarni namoyon etadi.

KK-2.2. Nemis tili va adabiyotiga oid fanlar bo‘yicha Xorijiy tillarni bilishning umumevropa xalgaro standarti darajalari (CEFR- Common European Framework of Reference for Languages)ga ko‘ra Cl (ingliz tilidan B2, darajasidagi bilimlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok eta oladi.

 

3. Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar

Malakaviy amaliyot - umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim yoʻnalishi hususiyatiga koʻra, tegishli kursda oʻzlashtirilgan fan doirasida fundamental bilimlarga tayangan holda amaliy ishlar boʻyicha malaka hosil qilinadi.

Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyoti 5-8-semestrlarda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kuni nazariy va amaliy ta’lim, 2 kuni umumiy va o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi.

Ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha quyidagi amaliyotlar о‘tkaziladi:

1. O‘quv-tanishuv amaliyoti;

2. Pedagogik amaliyot;

3. Bitiruv oldi amaliyoti.

Sahifa rasmi

Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash, ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nixoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni his etishga o‘rgatish, zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.

Umumiy psixologiya Yuklab olish
Amaliy o‘zbek (rus) tili
O‘zbekistonning eng yangi tarixi Yuklab olish
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Dinshunoslik
Amaliy o‘zbek (rus) tili.Ozbek tilining sohada qo'llanilishi
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati Yuklab olish
O‘qish va yozuv amaliyoti
Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi Yuklab olish
Til aspektlari amaliyoti Yuklab olish
Dinshunoslik
Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika
Sinf boshqaruvi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish
Ta'limda baholash
Ikkinchi xorijiy til
Nemis tilini o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari
Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Nemis tili o‘qitish metodikasi
Ikkinchi xorijiy til
Nemis tili leksikografikasi
Nemis tili nazariy kursi
Nemis tili o‘qitishni o‘rganish (DLL 6)
Nemis tili stilistikasi