“Roman-german tillari” kafedrasi 2021-yil avgustda tashkil etilgan. Kafedraning tarixiga nazar tashlasak, dastlab u 2000-yil 17-noyabrda universitet rektorining U-200 raqamli buyrug‘i asosida “German filologiyasi” nomi bilan tashkil topgan. 2000-yildan kafedra “Nemis tili va o‘qitish metodikasi” deb nomlangan.
Rahbarlar tarixi:
2000–2001, 2003–2012: professor Raximov Xurram Raximovich
2001–2002: dotsent Shamuratova Svetlana Naumovna
2012–2014: dotsent Erkayev Elmirza Temirovich
2014–2015: dotsent Ilieva Lola Kamolovna
Hozirgi rahbar: PhD, dotsent S. Nazarov
Kafedra tarkibi va ilmiy salohiyat:
Kafedrada jami 8 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
1 nafar fan doktori (DSc)
1 nafar professor
5 nafar PhD yoki fan nomzodi
5 nafar dotsent
2 nafar Xalq ta’limi a’lochisi
8 nafar xorijiy til sertifikatiga ega
Ilmiy salohiyat: 88%
Ta’lim yo‘nalishi:
60110900 — Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili (bakalavriat)
| № | Fanlar | Fan haqida | Fan turi | Kredit | 1-semestr | 2-semestr |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Umumiy psixologiya | Talabalarda umumiy psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo‘lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o‘zgartirilishini tashkil etishdir. | Majburiy | 10 | ||
| 2 | Amaliy o‘zbek (rus) tili | Faning maqsadi — tilga oid bilimlarni egallash, ta’lim oluvchilar uchun dolzarb bo‘lgan o‘quv-ilmiy, kasbiy va ijtimoiy-madaniy sohalarda nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda takomillashtirishdan iborat. Shuningdek, og‘zaki pedagogik nutqni rivojlantirish, adabiy tilning yozma va og‘zaki shakllarini mukammallashtirish, imlo va tinish belgilariga oid qoidalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, turli turdagi grammatik xatolarni tahlil qilish va tuzatish malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. | Majburiy | 6 | ||
| 3 | O‘zbekistonning eng yangi tarixi | Bu fan talabalar uchun mustaqil O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi, so‘nggi yillardagi islohotlar, demokratik jarayonlar va xalqaro aloqalar tarixini o‘rgatadi, talabalarda tarixiy tahlil qilish va voqealarni sabab-natija asosida tushunish ko‘nikmalarini shakllantiradi | Majburiy | 4 | ||
| 4 | Mediasavodxonlik va axborot madaniyati | Har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Shuningdek, zamonaviy OAV vositalari taqdim etayotgan axborotga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishning eng muhim postulatlarini o‘rgatish, axborot madaniyatiga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot va ma’lumot evolyutsiyasi tarixini bilish, global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash va tanqidiy tafakkurni shakllantirishdan iborat. | Majburiy | 5 | ||
| 5 | Dinshunoslik | Talaba-yoshlar tafakkurida dinning mohiyati, dunyoning diniy manzarasi, diniy va falsafiy qarashlarning oʼzaro bogʻliqligi, globallashuv jaryonlarida diniy mutaassiblik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning davlat va jamiyat xavfsizligiga salbiy taʼsirini bilish va unga qarshi kurashishda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. | Majburiy | 4 | ||
| 6 | Amaliy o‘zbek (rus) tili.Ozbek tilining sohada qo'llanilishi. | Til bilimlarini egallash, talabalarga dolzarb sohalarda (ta’lim-ilmiy, kasbiy, ijtimoiy-madaniy) nutq ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirishdan iborat. | Majburiy | 6 | ||
| 7 | Mediasavodxonlik va axborot madaniyati | Har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Shuningdek, zamonaviy OAV vositalari taqdim etayotgan axborotga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishning eng muhim postulatlarini o‘rgatish, axborot madaniyatiga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot va ma’lumot evolyutsiyasi tarixini bilish, global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash va tanqidiy tafakkurni shakllantirish | Majburiy | 5 | ||
| 8 | O‘qish va yozuv amaliyoti | “O‘qish va yozuv amaliyoti” fani 1-kurs talabalarida nemis tilida yozma nutqni rivojlantirish, matn bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘qilgan matn mazmunini tushunish, tahlil qilish va yozma shaklda ifodalash kompetensiyalarini hosil qilishga qaratilgan. Fan doirasida talabalar turli janrdagi matnlarni o‘qish, asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni ajratish, qisqa yozma matnlar (reja, xulosa, fikr bayoni) tuzish, grammatik va leksik jihatdan to‘g‘ri yozish malakalarini egallaydilar. Ushbu fan talabalarning mustaqil fikrlashini, yozma savodxonligini va akademik til kompetensiyasini rivojlantiradi. | Majburiy | 10 | ||
| 9 | Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi | “Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi” fani talabalarda nemis tilida tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini integrativ yondashuv asosida shakllantirishga qaratilgan. Fan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, nutq faoliyatining barcha turlarini o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash, shuningdek, kundalik va akademik muloqotda til birliklaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish malakalarini hosil qilishni maqsad qiladi. Ushbu fan talabalarning mustaqil fikrlash, muloqotga kirishish va chet tilida erkin nutqiy faoliyat yuritish kompetensiyalarini rivojlantiradi. | Majburiy | 8 | ||
| 10 | Til aspektlari amaliyoti | “Til aspektlari amaliyoti” fani Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nemis tilining asosiy lingvistik jihatlarini — fonetika, leksika va grammatika asoslarini amaliy mashg‘ulotlar orqali shakllantirishga qaratilgan. Fan talabalarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuz, grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish hamda kundalik va akademik nutqda asosiy til birliklaridan samarali foydalanish malakalarini hosil qilishni maqsad qiladi. Shuningdek, fan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish orqali talabalarning keyingi til va adabiyot fanlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishiga zamin yaratadi. | Majburiy | 9 |
| № | Fanlar | Fan haqida | Fan turi | Kredit | 1-semestr | 2-semestr |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Dinshunoslik | Talabalarda dinshunoslik faniga oid dunyo diniy tizimlari, ularning tarixi, asosiy e’tiqodlari, axloqiy va madaniy ta’siri, shuningdek, diniy-tarbiya masalalarini o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar dinshunoslik asosiy printsiplari, diniy hodisalarni tahlil qilish metodikalari va ularni pedagogik faoliyatda qo‘llash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni o‘zlashtirishni o‘rganadilar. | Majburiy | 4 | ||
| 2 | Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika | Talabalarga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni inklyuziv ta’lim muhitida ta’lim-tarbiya berishga o’rgatish va shuningdek tibbiyot muassasalarida (shifoxona, statsionar va boshqalarda) uzoq muddatli davolanayotgan bolalarni qo'llab-quvatlash, ularni zamon talablariga mos ravishda o'qitishni tashkil qilish borasidagi bilimlarni hosil qilish, samarali o'qitish metodlarini izlash, hamda o'quv jarayoniga tadbiq qilish, o'qitish usullari va turli xildagi zamonaviy o’qitish texnologiyalarini o'zlashtirish va bunday bolalar bilan ishlashning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish. | Majburiy | 5 | ||
| 3 | Sinf boshqaruvi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish | Sinf boshqaruvi fani o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar bilan pedagogik munosabatlarni boshqarish, darslarni rejalashtirish va sinfdagi tartib-intizomni ta’minlash usullarini o‘rgatadi. | Majburiy | 6 | ||
| 4 | Ta'limda baholash | Talabalarda ta’limda baholash faniga oid o‘quv jarayonini nazorat qilish va baholash usullari, baholash mezonlari va standartlari, ta’lim sifatini aniqlash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar baholashning asosiy printsiplari, turli baholash tizimlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, o‘quv jarayonida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishni o‘rganadilar. | Majburiy | 4 | ||
| 5 | Ikkinchi xorijiy til | “Ikkinchi xorijiy til (nemis va fransuz tillari)” fani ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 2–3-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarda nemis yoki fransuz tilida boshlang‘ich va o‘rta darajadagi (A1–A2/B1) kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishni maqsad qiladi. Fan doirasida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari integrativ tarzda rivojlantiriladi. Shuningdek, grammatik va leksik bilimlar mustahkamlanib, tilni kasbiy va kundalik muloqotda qo‘llashga yo‘naltiriladi. Fan talabalarni ko‘p tillilik muhitiga moslashishga, til o‘rganishda qiyosiy yondashuvdan foydalanishga hamda ularning lingvistik va madaniyatlararo kompetensiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. | Ixtiyoriy | 18 |
| № | Fanlar | Fan haqida | Fan turi | Kredit | 1-semestr | 2-semestr |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Nemis tilini o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari | Mazkur fan nemis tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda qo‘llaniladigan xalqaro standartlar, xususan, Yevropa umumiy til kompetensiyalari tizimi (CEFR/GER) asoslari bilan tanishtirishga qaratilgan. Fan doirasida talabalarda til kompetensiyalarini shakllantirish, o‘qitish jarayonini rejalashtirish, o‘quv natijalarini baholash va monitoring qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar hosil qilinadi. Shuningdek, xalqaro til sertifikatlari, baholash mezonlari, test tuzish tamoyillari hamda kommunikativ yondashuv asosida baholash usullari o‘rganiladi. Fan talabalarning kelajakdagi pedagogik faoliyatida xalqaro talablar asosida ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. | Majburiy | 4 | ||
| 2 | Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi | “Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi” fani Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabalariga chet tillarni o‘qitishda zamonaviy integrallashgan yondashuvlarning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishini o‘rgatishga qaratilgan. Fan til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, o‘qish, yozish, gapirish), til tizimi (leksika, grammatika, fonetika) va metodik kompetensiyalarni uyg‘un holda rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Mazkur fan talabalarda kommunikativ, madaniyatlararo va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, shuningdek, chet tilini o‘qitishda integrallashgan darslarni loyihalash va amalga oshirish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. | Majburiy | 8 | ||
| 3 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti | “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fani talabalarga tarjimaning nazariy asoslari, asosiy tushunchalari, turlari va usullarini o‘rgatishga qaratilgan. Fan doirasida nemis tilidan o‘zbek (va/yoki rus) tiliga hamda aksincha tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik, stilistik va madaniy muammolar tahlil qilinadi. Talabalarda yozma va og‘zaki tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish, matn mazmunini, funksional-uslubiy xususiyatlarini va muallif niyatini adekvat yetkazish malakasini rivojlantirish asosiy maqsad hisoblanadi. | Majburiy | 8 | ||
| 4 | Nemis tili o‘qitish metodikasi | “Nemis tili o‘qitish metodikasi” fani talabalarni nemis tilini samarali o‘rgatish usullari, pedagogik yondashuvlar va didaktik metodlar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan. Fan yordamida talabalar til o‘qitish jarayonini rejalashtirish, dars materiallarini tanlash va mos usullar orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rganadilar. Shu bilan birga, talabalar turli yoshdagi va darajadagi o‘quvchilar bilan ishlashda metodik ko‘nikmalarni shakllantiradilar. | Majburiy | 4 | ||
| 5 | Ikkinchi xorijiy til | “Ikkinchi xorijiy til (nemis va fransuz tillari)” fani ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 2–3-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarda nemis yoki fransuz tilida boshlang‘ich va o‘rta darajadagi (A1–A2/B1) kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishni maqsad qiladi. Fan doirasida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari integrativ tarzda rivojlantiriladi. Shuningdek, grammatik va leksik bilimlar mustahkamlanib, tilni kasbiy va kundalik muloqotda qo‘llashga yo‘naltiriladi. Fan talabalarni ko‘p tillilik muhitiga moslashishga, til o‘rganishda qiyosiy yondashuvdan foydalanishga hamda ularning lingvistik va madaniyatlararo kompetensiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. | Ixtiyoriy | 18 |
| № | Fanlar | Fan haqida | Fan turi | Kredit | 1-semestr | 2-semestr |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Nemis tili leksikografikasi | Ushbu fan talabalarni nemis tili lug‘atshunosligi va leksikografik prinsiplari bilan tanishtirishga qaratilgan. Fan davomida talabalar nemis tilidagi lug‘atlarning tuzilishi, turlari (slovar, frazeologik, terminologik), izohlash usullari va leksikografik manbalarni o‘rganadilar. Maqsad — talabalarni mustaqil ravishda lug‘at yaratish, tahlil qilish va tilning leksik jihatlarini chuqur o‘rganishga tayyorlashdir. | Majburiy | 5 | ||
| 2 | Nemis tili nazariy kursi | Ushbu kursning maqsadi talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat bo‘lib, nemis tili nazariy kursi fani: Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish, Roman german filologiyasiga kirish, Filologik tadqiqot asoslari, Lingvokulturologiya asoslari, Nemis tilining nazariy grammatikasi kabi modul fanlarini o‘z ichiga olgan. Mazkur fan ixtisoslik fani sanalib, u talabalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida nemis tilini o‘qitish jarayonida vazifa va mashqlardan samarali foydalanishga tayyorlaydi. Fanning dolzarbligi o‘qituvchi faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan dars jarayonini samaradorligini oshirishda til birliklarining ahamiyati, ularning o‘quv jarayoniga tatbiq qilishdan iborat. | Majburiy | 6 | ||
| 3 | Nemis tili o‘qitishni o‘rganish (DLL 6) | Nemis tilini o’qitishni o’rganish (DLL6) kursining maqsadi- bo’lajak o‘qituvchilarga o‘quv dasturlarini tahlil qilish, til o’rganuvchilarining ehtiyojlariga mos o‘quv kurslarini loyihalash va samarali dars rejalari tuzish bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Kurs bo’lajak o‘qituvchilarni ta’lim mazmunini puxta rejalashtirishga, dars maqsadlarini belgilash va ularga erishish yo‘llarini aniq belgilashga yo‘naltiradi. O‘quv dasturlarining tuzilmasi, maqsadi va tamoyillarini tahlil qilishni o‘rgatish, til kurslarini o‘quvchilarning ehtiyojlari, til darajasi va kontekstdan kelib chiqib rejalashtirishni yo‘lga qo‘yish, dars maqsadlari, bosqichlari va natijalarini aniqlash va ular asosida rejalashtirish ko‘nikmasini shakllantirish, o‘quv materiallari va resurslarini tanlash va moslashtirishni o‘rgatish, dars davomida o‘quvchilarning rivojlanishini nazorat qilish va baholashga oid elementlarni dasturga kiritish, dars rejasini zamonaviy metodik talablar asosida tizimli va moslashuvchan tarzda tuzish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish. | Majburiy | 5 | ||
| 4 | Nemis tili stilistikasi | Ushbu fan nemis tilining turli uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga, so‘zlashuv va yozma matnlarda tilning stilistik vositalarini tahlil qilishga qaratilgan. Fan orqali talabalar professional va ilmiy matnlarni tahlil qila olish, stilistik nuanslarni aniqlash va ularni amaliy yozuvda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqsad – talabalarni nemis tilida uslubiy jihatdan to‘g‘ri va samarali kommunikatsiya qila oladigan darajaga yetkazish. | Majburiy | 6 |
Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash, ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nixoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni his etishga o‘rgatish, zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.